Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azo hukumati: Isroil falastinliklarni mintaqaning janubiy qismidan quvib chiqarmoqchi

G‘azo hukumati: Isroil falastinliklarni mintaqaning janubiy qismidan quvib chiqarmoqchi

Isroil “xavfsiz hududlar” yaratish bahonasida G‘azo sektori janubidan falastinliklarni quvib chiqarmoqchi.

Isroil armiyasi matbuot kotibi Avichay Adrai Amerikaning X kompaniyasi ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida Xon Yunusning Mevasi hududini “gumanitar hudud” deb e’lon qildi. Shu bilan birga, armiya G‘azo shahridagi falastinliklar orasida Mevasiga ko‘chishga chaqiruvchi risolalar tarqatdi.

Bunga javoban G‘azo Ichki ishlar vazirligi yozma bayonot berib, Isroil G‘azo shahridagi binolar va infratuzilmani vayron qilish orqali tinch aholini terror qilayotgani va falastinliklarni uylarini tashlab ketishga majburlayotganini bildirdi.

Bayonotda aytilishicha, Isroil armiyasi tahdidlar orqali olib borgan ruhiy urushi samarasizlikka uchragach, G‘azo shahridagi binolarni vayron qilish yo‘li bilan falastinliklarni quvib chiqarishga harakat qilmoqda. Vayron qilingan ko‘p qavatli uylardan harbiy maqsadlarda foydalanilgani haqidagi da’volar esa “asossiz yolg‘on ayblovlar va tinch aholiga qarshi jinoyatlarni oqlashga urinishdir”.

G‘azo janubida “xavfsiz gumanitar hudud”ning mavjudligi “firibgarlik” bo‘lib, Isroilning “yolg‘oni” dunyoning ko‘z o‘ngida taxminan ikki yil davomida bu yerlarda har kuni ayollar va bolalarga hujum qilayotgani holatlarida yaqqol ko‘rinmoqda.

Bayonotda ta’kidlanishicha, agar falastinliklar Isroil armiyasining yolg‘on bayonotlari va tahdidlariga quloq solib, ular ko‘rsatgan hududlarga borsa, bu Isroilning ko‘chirish rejalarini amalga oshirishini osonlashtiradi.

Kiritildi: 17:39 07.09.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!