Sentyabr oyi boshida NATOning ko‘p millatli brigada aviasiya batalyoni tarkibida xizmat qilayotgan Latviyada bedarak yo‘qolgan kanadalik askar o‘lik holda topildi, uning o‘limi yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Bu haqda Kanada hukumati saytida chop etilgan Mudofaa vazirligi bayonotida aytiladi.
Juma kuni Kanada Mudofaa vazirligi seshanba kunidan beri Latviyada kanadalik askar bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. Mudofaa vazirligining qayd etishicha, u 408-taktik vertolyot otryadining texnik xodimi bo‘lgan.
"2 sentyabr kuni bedarak yo‘qolgan NATO operasiyasi doirasida Latviyaga jo‘natilgan kanadalik ofiser Jorj Xohlning jasadi 5 sentyabr kuni topildi", — deyiladi xabarda.
Bayonotda aniqlik kiritilishicha, Kanada polisiyasi askarning o‘limi sabablarini o‘rganish uchun Latviya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilmoqda.