AQShning Minnesota shtatidagi Eyrleyk aeroporti yaqinida Robinson R66 vertolyoti halokatga uchradi.
Bu haqda Fox News xabar berdi.
Halokatdan keyin vertolyot yonib ketdi. Vertolyot favqulodda xizmatlar tomonidan shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:45da topilgan. Qayd etilishicha, bortda hech kim omon qolmagan.
AQSh Milliy Transport xavfsizligi kengashi ham hodisani tekshiradi.