AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda va oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan tadbir doirasida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashishi mumkin.
Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.
Koreya Respublikasi raisligida APEC sammiti 31 oktyabrdan 1 noyabrga qadar Kyondju shahrida bo‘lib o‘tadi. CNN xabariga ko‘ra, Tramp va Si Szinpin uchrashuvini tashkil etish masalasi muhokama qilinmoqda, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan. Oq uy telekanalga AQSh prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifi mumkinligi va uning maqsadi iqtisodiy, savdo, mudofaa va fuqarolik energetikasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo‘lishini tasdiqladi.
CNNning qayd etishicha, Trampning Koreya Respublikasiga safari unga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish imkoniyatini ham berishi mumkin. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon o‘tgan haftada amerikalik hamkasbini ARES sammitiga taklif qilgan va bunday platforma Shimoliy Koreya yetakchisi bilan muzokaralar o‘tkazish joyiga aylanishi mumkinligini taklif qilgan.