Nashrning yozishicha, vayronalar ostida hanuzgacha odamlar qolgan bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Pokiston chegarasiga yaqin tog‘li, yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda vaziyat og‘irligicha qolmoqda.
Qutqaruvchilar ofat zonasiga yetib borishning o‘zi katta muammo ekanini aytishmoqda, ko‘chki va toshqinlar ko‘plab yo‘llarni vayron qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 4 ta qishloqda va 5400 dan ortiq uyga zarar yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 31 avgust kuni sodir bo‘lgan yer silkinishi magnitudasi 6 ballni tashkil etgandi, zilzila episentri Nangarhor viloyatining Jalolobod shahridan 27 kilometr uzoqlikda joylashgan edi.