Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda chaqaloqlar kiyimi sifatsiz ekanligi aniqlandi

Andijonda chaqaloqlar kiyimi sifatsiz ekanligi aniqlandi

Andijon shahrida joylashgan “SMT” MCHJga qarashli “MTTY” savdo do‘konida Turkiyada ishlab chiqarilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kiyimi mahsulotiga nazorat xaridi o‘tkazildi.

Tanlab olingan mahsulot akkreditasiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasiga topshirilib, tahlillar jarayonida texnik reglament talablariga ko‘ra quyidagi nomuvofiqliklar aniqlandi:
• mato tarkibi: asosiy mato 100% paxta, dekorativ mato 100% poliefir tola;
• tikish ishlari: o‘ralgan biriktiruvchi tikishlar buyumning old tomonida bajarilmagan;
• dekorativ elementlar: sintetik toladan tayyorlangan bo‘lib, bolaning bo‘yin va qo‘l terisiga bevosita tegib turadi;
• erkin formaldegid miqdori belgilangan 20 mkg/g o‘rniga 22,6 mkg/g bo‘lgani aniqlandi.

Mazkur mahsulotlardan foydalanish bolalarda allergik kasalliklar va teri yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu nomuvofiq mahsulotlarni realizasiya qilgan “SMT” MCHJga nisbatan choralar ko‘rilishi va savdo nuqtalaridan chiqarilishi bo‘yicha murojaatlar yuborildi hamda masala nazoratga olindi.

Kiritildi: 21:52 04.09.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!