Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada chini muzeyi talon-taroj qilindi, zarar 9,5 million yevro

Fransiyada chini muzeyi talon-taroj qilindi, zarar 9,5 million yevro

Fransiyadagi Adriyen Dyubushe milliy chini muzeyidan ikki dona Xitoy chinisi o‘g‘irlandi. Ziyon hajmi 9,5 million yevroga baholanmoqda.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, polisiya va Oliy Vyenna prefekturasi ma’lumot bergan. O‘g‘irlangan buyumlar shaxsiy kolleksiyaga tegishli bo‘lib, vaqtli ko‘rgazma uchun ijaraga olingani aniqlangan.

Hodisa chorshanba kunidan payshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

Muzeyning rasmiy saytida qayd etilishicha, uning kolleksiyasida 18 mingga yaqin asar mavjud bo‘lib, ular orasida Limoj chinilarining eng yirik ommaviy to‘plami ham bor.

Kiritildi: 18:56 04.09.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!