AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy tinchlik kelishuviga nisbatan “ham realistik, ham optimistik” ekanini aytdi, biroq taraflar hali bunday qadamga tayyor emasligini ta’kidladi. Bu haqda u CBS News telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u jarayonni yaqindan kuzatmoqda va ikki davlat rahbarlari – Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muntazam muloqot olib bormoqda:
“Men kuzatyapman, ko‘rib turibman, bu haqda Putin va Zelenskiy bilan gaplashyapman. Nimadir sodir bo‘ladi, lekin ular hali tayyor emas. Lekin shunday bo‘ladi. Biz u yerga yetamiz”, dedi AQSh rahbari.
Uning ta’kidlashicha, uning diplomatik yondashuvi – “rahbarlarni muzokara stoliga olib kelish va shaxsan o‘z rahbarligi ostida tinchlik bitimiga vositachilik qilish”dan iborat. Shu bilan birga, Tramp tezkor yechim topish uchun sabr-toqat zarurligini aytdi va bu yil boshqa tinchlik tashabbuslari orqali muayyan samaraga erishilganini eslatdi.
Shuningdek, AQSh prezidenti o‘zini Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod emasligini qo‘shimcha qildi:
“Bu haqda aytadigan gapim yo‘q. Men faqat urushlarni to‘xtata olaman. Men e’tibor izlamayman. Men shunchaki hayotni saqlab qolishni istayman”, dedi Tramp.