Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Minglab odamlar Italiyada Falastin va Global Sumud flotiliyasiga qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi

Minglab odamlar Italiyada Falastin va Global Sumud flotiliyasiga qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi

Italiyaning Kataniya shahrida minglab odamlar Falastinni va Ispaniyadan G‘azoga yo‘l olgan, Isroil blokadasini buzishni maqsad qilgan xalqaro Global Sumud flotiliyasiga qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘chalarga chiqdi.

Namoyishchilar Kataniya portida to‘planib, Falastin bayroqlari va plakatlari bilan shahar markaziga yo‘l olishdi. Ular “Ozod Falastin!”, “Shaharlarimiz Falastin bilan”, “Genosidni to‘xtating”, “Dariyodan dengizgacha — Ozod Falastin”, “Intifada” kabi shiorlarni kuylab, Isroilning hujumlari va G‘azo sektoridagi blokadaga qarshi norozilik bildirishdi. Marsh yakunidagi mitingda ekranda “G‘azo, biz kelayapmiz!” degan yozuv aks ettirildi.

Tashkilotchilar ma’lumoticha, aksiyada kamida 15 ming kishi ishtirok etgan. Namoyishchilardan biri:
“Biz juda kam ish qilayapmiz. Bu genosidni to‘xtatish uchun yanada ko‘proq harakat qilishimiz shart”, dedi.

Yana bir faol esa xalqaro flotiliya ahamiyatini ta’kidlab, shunday dedi:
“Ortda qolgan yuzlab odamlar ochlik va tashnalikdan azob chekmoqda. Biz ular bilan birdammiz va e’lon qilamiz: biz kurashamiz. Bugun katta harakat qildik, ammo ertaga yana ishga, o‘qishga qaytamiz. Lekin yuzlab insonlarning hayoti haqida gap ketmoqda”, dedi.

Italiyadan chiqqan kemalar 7 sentyabr kuni Sisiliya sharqidagi portlarda tayyorgarlikni yakunlab, Barselonadan avvalroq yo‘lga chiqqan kemalarga qo‘shilib, G‘azoga yo‘l olishi kutilmoqda.

Global Sumud flotiliyasi haqida

44 dan ortiq davlat qo‘llab-quvvatlagan Global Sumud xalqaro fuqarolik-gumanitar flotiliyasi 31 avgust kuni Barselonadan G‘azoga yo‘l oldi. Shu kuni Genuyadan ham 300 tonna gumanitar yordam ortilgan bir nechta kema Orta Yer dengizi orqali harakatni boshladi.

“Sumud” — arabcha so‘z bo‘lib, “qat’iyat”, “chidam” ma’nolarini anglatadi. 1967 yilgi Olti kunlik urushdan keyin u Falastin xalqi uchun qarshilik va chidamlilik ramziga aylangan. Falastin madaniyatida zaytun daraxti va homilador qishloq ayoli an’anaviy ravishda Sumudning ramzi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:09 04.09.2025. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!