Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Xohlovchilar koalisiyasi" yetakchilari Trampga o‘z takliflarini taqdim etmoqchi

"Xohlovchilar koalisiyasi" yetakchilari Trampga o‘z takliflarini taqdim etmoqchi

Bugun "Xohlovchilar koalisiyasi" yetakchilari Trampga Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.

Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Shuningdek, ular AQSh ushbu kafolatlar doirasida qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanini bilishni ham istashadi, deya yozmoqda agentlik.

"Evropaliklar, Vashingtonni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga undashga ham harakat qiladi, chunki Putin yaqin orada Zelenskiy bilan uchrashish istagini bildirmayapti va Ukrainaga hujumlarni kuchaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda", deyiladi Bloomberg xabarida.

Avvalroq, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron "Xohlovchilar koalisiyasi" tarkibiga kiruvchi Yevropa davlatlari Ukraina uchun urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini tayyorlagani, ular Kiyev va Moskva tinchlik bitimini imzolagandan keyin taqdim etilishini ma’lum qilgan edi. .

Kiritildi: 15:07 04.09.2025. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!