Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Alpinist Natalya Nagovisinaning halok bo‘lgani rasman e’lon qilindi

Alpinist Natalya Nagovisinaning halok bo‘lgani rasman e’lon qilindi

Qirg‘iziston alpinizm va tog‘qa chiqish federasiyasi prezidenti Eduard Kubatov ma’lum qilishicha, rossiyalik alpinist Natalya Nagovisina vafot etgan deb rasman e’lon qilindi.

2 sentyabr kuni dron yordamida ikki marotaba amalga oshirilgan qidiruv jarayonlarida Nagovisina hayot izlariga duch kelinmadi. Shundan so‘ng qutqaruv operasiyasi to‘xtatilgani bildirildi.

47 yoshli sportchi 12 avgust kuni “G‘alaba” cho‘qqisidan (7439 metr) tushish vaqtida oyog‘ini sindirib, 7200 metr balandlikda qolib ketgan. Uning yonida faqat oz miqdorda suv zaxirasi bo‘lgan.

Nagovisinani qutqarish uchun uch marta urinish qilingan, biroq barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Ularning biri davomida italiyalik alpinist Luka Sinijiglye ham halok bo‘lgan.

Kubatovning ta’kidlashicha, tarix davomida “G‘alaba” cho‘qqisida birorta ham muvaffaqiyatli qutqaruv amaliyoti o‘tkazilmagan. Bu cho‘qqi O‘rta Osiyodagi eng xavfli va murakkab ko‘tarilish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 13:56 04.09.2025. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!