Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekindagi harbiy parad “ajoyib darajada” o‘tkazilganini bildirdi.
Putin, shuningdek, Shimoliy Koreya harbiylari Kim Chen Inning tashabbusi bilan Kursk viloyatidagi jangovar harakatlarda qatnashganini ta’kidladi, deya xabar beradi TASS.
"Sizning tashabbusingiz bilan, KXDRning maxsus bo‘linmalari ikki davlat o‘rtasidagi yangi shartnomaga muvofiq holda Kursk viloyatini ozod qilishda qatnashdi", — deya Putinning so‘zlarini keltiradi agentlik.
"Men shuni ta’kidlamoqchimanki, sizning qurolli kuchlaringiz va harbiylaringiz oilalari bergan qurbonliklarni biz hech qachon unutmaymiz", — dedi Putin va Kim Chen Inga Shimoliy Koreya xalqiga minnatdorchilik bildirishni so‘radi.