Ommaviy axborot vositalarida AZAL samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan sug‘urta badallari to‘lanmagani haqida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bu haqda Rossiya TIV bayonotida aytildi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida "Azerbaijan Airlines" aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan bir qator ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida sug‘urta mablag‘lari to‘lanmaganligi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda. Shuningdek, Ozarbayjon aviakompaniyasiga samolyotning to‘liq sug‘urta qiymati uchun 1,003 milliard rubl miqdorida sug‘urta tovonini to‘lagani ta’kidlandi:
"Reysdagi 62 nafar yo‘lovchidan 46 nafarining tan jarohati olishi va halok bo‘lishi bilan bog‘liq da’volar to‘liq qondirildi, shu jumladan, Rossiyaning 15 nafar fuqarosidan 7 nafariga, 38 nafar Ozarbayjon fuqarosidan 35 nafariga, Qirg‘izistonning barcha 3 nafar fuqarosiga va 6 nafar Qozog‘iston fuqarosiga to‘lovlar to‘liq amalga oshirildi. Halok bo‘lgan samolyot va halok bo‘lgan yo‘lovchilarning qarindoshlariga sug‘urta to‘lovlari amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni Ozarbayjon havo yo‘llari kompaniyasining Boku-Grozniy reysini amalga oshirayotgan Embraer yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida halokatga uchragan edi. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan, 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat oqibatida 38 kishi, jumladan Ozarbayjon, Rossiya va Qozog‘iston fuqarolari halok bo‘lgan.