Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin Zelenskiyni Moskvaga muloqot uchun taklif qilgan, taslim bo‘lishi uchun emas.
Shuningdek, Peskov Putin Trampning sa’y-harakatlarini va u bilan konstruktiv munosabatlarni yuqori baholashini aytdi.
"Ikki yetakchi o‘rtasidagi suhbatlar doimo oson kechmaydi, chunki ularning har biri o‘z mamlakati manfaatlarini himoya qiladi", — deya qo‘shimcha qildi Kreml matbuot kotibi.