Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Si Szinpin: "Faqatgina davlatlar o‘rtasidagi tenglik umumiy xavfsizlikni ta’minlay oladi"

Si Szinpin: "Faqatgina davlatlar o‘rtasidagi tenglik umumiy xavfsizlikni ta’minlay oladi"

Mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi teng huquqli munosabatlargina umumbashariy xavfsizlikni ta’minlaydi.

Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Yaponiya agressiyasiga qarshi Xitoy xalqining qarshilik ko‘rsatish urushi va jahon antifashistik urushidagi g‘alabaning 80 yilligi sharafiga parad boshlanishidan oldin aytib o‘tdi.

"Insoniyatning taqdiri mushtarak. Faqatgina mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi teng huquqli munosabatlar, ahil-inoq yashash umumiy xavfsizlikni ta’minlaydi, urushlarning asl sabablarini bartaraf qiladi va tarixiy fojialar takrorlanishining oldini oladi", — dedi Xitoy rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (XXQ) jahon darajasidagi armiya qurilishini tezlashtirishi va milliy suverenitetni qat’iy himoya qilishi kerak.

Kiritildi: 10:30 03.09.2025. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!