Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlaydi

Buyuk Britaniya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlaydi

Buyuk Britaniya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga litrida 150 mg dan ortiq kofein bo‘lgan energetik ichimliklarni sotishni taqiqlash bo‘yicha maslahatlashuvni boshladi.

Bu haqda Britaniya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

"Energetik ichimliklar zararsizdek tuyulishi mumkin, ammo ular bugungi bolalarning uyqusi, diqqatini jamlashi va farovonligiga ziyon yetkazmoqda, shakar miqdori yuqori bo‘lgan versiyalar esa semirishga hissa qo‘shmoqda", — dedi Sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 100 mingga yaqin bolalar har kuni kamida bitta energetik ichimlik iste’mol qiladilar, bu ularning uyqusi, o‘quv faoliyati va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Ta’lim vaziri Bridjit Fillipsonning qo‘shimcha qilishicha, bu chora "tarixdagi eng sog‘lom bolalar avlodini yaratish yo‘lidagi yana bir qadam" bo‘ladi.

Ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqiq 40 000 bolada semirishning oldini olishi va kelajakda kasalliklarni davolash uchun o‘n million funt sterlingni tejashi mumkin.

Kiritildi: 10:20 03.09.2025. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!