BMT Afg‘onistondagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish va vaziyatni baholash uchun kamida 25 guruhni safarbar etdi.
Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lum qildi.
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti mintaqadagi vaziyatni baholash uchun kamida 25 guruhni joylashtirdi va hozirdanoq tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatmoqda, zaruriy yuklarni borish mumkin bo‘lgan hududlarga yetkazib bermoqda", deyiladi matnda.
Idora boshpana va tibbiyot anjomlari qurilishi uchun materiallar zaxirasi tugab borayotgani, joriy moliyalashtirish esa barcha ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli emasligi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, u tabiiy ofat “ko‘plab inqirozlarga duch kelayotgan, jumladan, qattiq qurg‘oqchilik va qo‘shni mamlakatlardan millionlab afg‘onlarning qaytishi kabi” o‘lim va halokatga olib kelgani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 31 avgust kuni Hindukush tog‘larida 6,2 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Afg‘oniston sharqidagi Asadobod shahridan 27 km janubi-g‘arbda sodir bo‘lgan. Khaama Press xabariga ko‘ra, kuchli silkinishlar butun qishloqlarni vayron qilgan. Ko‘chkilar ayrim aholi punktlariga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan, aloqa liniyalari uzilgan. Qutqaruv ishlari borish qiyin bo‘lgan tog‘li erlarning og‘ir sharoitlarida olib borilmoqda. Afg‘oniston rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 1411 kishiga yetgan, yana 3124 kishi jarohat olgan.