Rossiya neft yetkazib berishni tikladi, Xitoy yetakchilik qilmoqda.
Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi.
Mutaxassislar buni AQSh prezidenti Donald Trampning Hindistonga bojlar joriy qilgani bilan bog‘lashmoqda.
Nashrning qayd etishicha, Xitoyga xom neft yetkazib berish hajmi teskari yo‘nalishda o‘zgargan – u besh oylik maksimal ko‘rsatkichga – kuniga 1,28 million barrelga yetgan. Shu bilan birga, mahalliy portlardan haftalik xom neft yetkazib berishning umumiy hajmi kuniga 770 ming barrelga oshib, etti haftalik maksimal 3,49 million barrelga yetdi, deya ta’kidlaydi tahlilchilar. Ko‘rsatkich avvalgi etti kun davomida o‘sdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonga yo‘l olgan tankerlardagi neft hajmi 31 avgustgacha to‘rt hafta davomida kuniga 1,3 million barreldan past bo‘lgan, bu mart oyidagi eng yuqori cho‘qqiga nisbatan uchdan bir qismga kamdir. Biroq, Xitoyda ta’minot holati yaxshilanib, kuniga 1,28 million barrelni tashkil etib, besh oyning eng yuqori ko‘rsatkichini ko‘rsatdi.