Navoiy viloyatida 30 dan ortiq noqonuniy faoliyat yuritayotgan ohak pishirish xumdonlari faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi, prokuratura, IIB va Milliy gvardiya vakillaridan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida ma’lum qilindi.
Karmana tumanining "Yangiariq" mahallasi hududida olib borilgan tekshiruvlar davomida xumdonlardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgani aniqlangan. Shuningdek, xatlov ishlari davomida bir nechta ohak ishlab chiqarish sexlari ham ruxsatsiz faoliyat yuritib kelayotgani fosh etildi.
Talablarga zid ravishda ishlayotgan 36 ta noqonuniy xumdon buzib tashlandi.
Mutasaddilar o‘rganish ishlari davom etayotganini, qolgan noqonuniy faoliyat yuritayotgan xumdonlarni ham to‘liq to‘xtatish rejalashtirilganini bildirdi.