“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyati boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Jizzax shahrida joylashgan “J.SH.T.B.” tibbiyot maskanida gaz hisoblagichning nazorat tamg‘alari buzilgani va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 951,7 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.