🔰 Farmonga ko‘ra, sudya va sud apparati xodimlarining majburiy malakasini oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
🔹 5 yil muddatga tayinlangan sudyalar – har 2 yilda, 10 yil muddatga tayinlangan sudyalar – har 3 yilda 2 haftadan kam bo‘lmagan;
🔹 Oliy sud sudyalari, sud raislari va rais o‘rinbosarlari, shuningdek, muddatsiz davrga tayinlangan sudyalar – har 3 yilda 1 haftadan kam bo‘lmagan;
🔹 faoliyat samaradorligi reytingining past ko‘rsatkichlariga ega sudyalar – navbatdan tashqari 2 haftadan kam bo‘lmagan;
🔹 sud apparati xodimlari – har 2 yilda 1 haftadan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.
📑 Amaldagi sudyalar uchun murakkab toifadagi ishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
📍Rahbarlik lavozimlariga, qoida tariqasida, faqat rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan sudyalar tayinlanadi.
⏳Akademiyada 2026/2027 o‘quv yilidan “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura dasturi asosida o‘qitish tashkil etiladi.