📝 O‘RQ–1083-sonli qonun (21.08.2025 y.) bilan homiylik xayriyalari yig‘ish qoidalari aniqlashtirildi.
Endilikda xayriya yig‘ish tartibi:
➖ faqat oldindan e’lon qilingan muddatda amalga oshiriladi;
➖ naqd pul faqat shaffof xayriya qutisi orqali yig‘iladi;
➖ quti tegishli shaxslar tomonidan plombalanishi shart;
➖ naqd pul xayriyalari qonunchilikda belgilangan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank hisobvarag‘iga o‘tkazilishi mumkin.
Xayriya yig‘ish tartibini buzgan fuqarolar – 3–5 BHM, mansabdorlar – 5–7 BHM jarimaga tortiladi.