Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Namanganda terroristik tashkilot ta’siriga tushgan 21 nafar shaxs qo‘lga olindi

Namanganda terroristik tashkilot ta’siriga tushgan 21 nafar shaxs qo‘lga olindi

DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyati ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda «Islom davlati» terroristik tashkiloti g‘oyalari ta’siriga tushgan 21 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqida «Xavfsizlik» Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu guruh yetakchisi, Pop tumani Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kanallar yaratib, unga «Islom davlati» terroristik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatib kelgan.

Aniqlanishicha, ushbu fuqaro ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish davomida ayni paytda Janubiy Koreyada mavsumiy ishlab kelayotgan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ro‘yxatda turuvchi shaxs bilan tanishib, uning virtual ta’sirida terroristik tashkilotlar faoliyatiga jalb qilingan.

Bundan tashqari, mazkur shaxslar ota-onalarining roziligisiz shar’iy nikohdan o‘tgan holda kelgusida jangovar harakatlar amalga oshirilayotgan o‘choqli hududlarga hijrat qilib ketishni rejalashtirgan. Shuningdek, ular o‘zining harakatlariga uzoq qarindoshi va mahalladoshini jalb qilib kelgan.

Qonunbuzarlar ijtimoiy tarmoqlarda yashirin kanallar tashkil qilib, unga o‘zining yaqin qarindoshlari, mahalladoshlari hamda ekstremizmga moyil bo‘lgan shaxslarni a’zo qilib, ularga terroristik tashkilotlarning amalga oshirayotgan qo‘poruvchilik harakatlari, qatl sahnalari, qonli janglar, amaldagi davlat tuzumini kuch bilan ag‘darib tashlashga qaratilgan g‘oyalarni singdirib kelgan.

Tezkor tadbir davomida jamoat a’zolaridan diniy adabiyotlar, axborot tashuvchilar va boshqa ashyoviy dalillar tegishli tartibda, xolislar ishtirokida prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tadbir natijasida fosh qilingan mazkur jamoatning namanganlik 4 nafar yetakchilariga nisbatan Jinoyat kodeksining 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning 2 nafariga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Qolgan 17 nafar a’zolarga nisbatan tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Kiritildi: 17:39 22.08.2025. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!