Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va nisbatan issiq havo saqlanib, harorat +35…+37 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 23–24 avgust kunlari mamlakatning katta qismida havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Janubiy va cho‘l hududlarda harorat +40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Respublika bo‘yicha kuchsiz nam havo oqimi kirib kelishi natijasida issiqlik 2–3 daraja pasayadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga shamol 7–12 m/s tezlikda esishi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Toshkent shahrida esa ob-havo biroz bulutli va vaqt-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol asosan g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ba’zi vaqtlarda 12–15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat juma kuni kunduzi +35…+37 daraja bo‘lishi kutilsa, yakshanba kuni +32..+35 darajagacha pasayadi. Kechasi havo +20…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

Kiritildi: 16:43 22.08.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!