Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent ko‘chalari bo‘ylab odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi

Toshkent ko‘chalari bo‘ylab odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi

Hodisa natijasida IIBB xodimlaridan biri qoramoldan olgan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Chilonzor tumanida qushxonadan qochib chiqqan buqa odamlar uchun xavf tug‘dirdi va ichki ishlar xodimlari tomonidan otib o‘ldirildi.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) xabariga ko‘ra, tungi soatlarda Bektupi mahallasidagi qushxonalardan biridan qoramol ko‘chaga chiqib ketgan.

Hayvon ko‘chaga chiqgach, bir kishini so‘zib, unga tan jarohati yetkazgan.

Shu sababli, chaqiruv asosida yetib kelgan IIBB xodimlari buqani odamlar uchun xavf tug‘dirmasligi maqsadida otib o‘ldirgan.

Mazkur hodisa natijasida ichki ishlar xodimlaridan biri qoramoldan olgan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 17:54 22.08.2025. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!