Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Endi sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasini bilish mumkin bo‘ladi

Endi sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasini bilish mumkin bo‘ladi

Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda “Raqamli sud” konsepsiyasi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.

Qayd etilishicha, aqlli texnologiyalarni qo‘llash orqali odamlarning suddagi shaxsiy ishtirokini maksimal kamaytirish, qog‘ozbozlik va inson omilini qisqartishish orqali fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsad qilingan.

Hujjatga ko‘ra, mamlakatda “Raqamli sud” konsepsiyasi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunda 2025 yil yakuniga qadar tajriba tariqasida Toshkent shahrida barcha raqamli imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy sud zallari tashkil etiladi. Tajriba natijalari asosida “Raqamli sud” konsepsiyasini 2026 – 2027 yillarda bosqichma-bosqich respublikaning barcha sudlarda tatbiq etiladi

Bundan tashqari, fuqarolar va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini ko‘rishni soddalashtirish maqsadida bir qator choralar belgilanmoqda. Jumladan, endilikda murojaatlar sudga faqatgina elektron shaklda yuboriladi va sud ishlari to‘liq elektron tarzda yuritiladi.

Misol uchun, oldinlari aksariyat hollarda fuqarolar va tadbirkorlar sudga ariza yoki da’vo arizasini qog‘oz shaklda, sud devonxonasiga shaxsan borib topshirardi. Bu esa ortiqcha vaqt va xarajatlar deganidir.

Yana bir muhim qulaylik - ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga tashrif buyurmaydi va sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etadi. Bungacha sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etish uchun sud ishida raislik qiluvchining ruxsati kerak bo‘lgan.

Endilikda sud xarajatlari elektron shaklda hisoblanadi va to‘lanadi. Oldinlari bu jarayonda inson omili kuchli bo‘lgan. Bu yangi tartib tizimda korrupsiya holatlarini keskin qisqartirishga yordam beradi.

Shuningdek, sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantirish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Ya’ni sud jarayoni boshlanmasdan oldin uning taxminiy natijasini bilish imkoniyati yaratilmoqda.

Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratiladi (ilgari ayrim materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati mavjud), sun’iy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari haqiqiy vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanadi (oldinlari sud kotibi tomonidan qo‘lda yozilar edi va kompyuterda qayta shakllantiradi). Va nihoyat endi sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi (oldin sudya yoki kotib tomonidan yozilar edi).

2025 yil 1 dekabrdan boshlab fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini ishga tushiriladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish moduli joriy etiladi, bunda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchini yaratiladi, huquqiy murojaatlarga javob beriladi hamda sud ma’lumotlari avtomatik yetkaziladi.

2026 yil 1 martdan boshlab fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha dastlabki sud ma’lumotlarini fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratiladi.

Kiritildi: 16:16 22.08.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!