Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi

2025 yil 22 avgust kuni Sharof Rashidov tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etdi.

Kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda viloyat hokimi Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga — Ashurov Asilbek Rahmonovich nomzodini deputatlarga tavsiya etdi.

Viloyat hokimining Ashurov Asilbek Rahmonovichni Sharof Rashidov tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, Ashurov Asilbek Rahmonovich 2022 yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kiritildi: 15:48 22.08.2025. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!