Gazetaning Izroil harbiy razvedkasi ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, G‘azoda 19 oylik keskinlashuv davomida “HAMAS” va “Falastin Islomiy jihod”ning 8,9 ming a’zosi halok bo‘lgan yoki yo‘qolgan deb ro‘yxatga olingan.
Biroq shu vaqt ichida jami 53 ming falastinlik ham o‘ldirilgan. Demak, qurbonlarning atigi 17 foizi jangchi bo‘lib, qolgan 83 foizi oddiy odamlardir.