Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdagi noqonuniy boshlangan qurilish tuproq o‘pirilishiga sabab bo‘ldi

Toshkentdagi noqonuniy boshlangan qurilish tuproq o‘pirilishiga sabab bo‘ldi

Voqea «Dilbuloq» mahallasi Salar ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar yaqinida sodir bo‘lib, yaqin hovliga zarar yetgani ma’lum qilindi.

Qurilish inspeksiyasi xabariga ko‘ra, hududdagi ishlar «Lyuks Loyiha» MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida olib borilgan. Loyiha uchun «Arxitektura va shaharsozlik kengashi» va «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUKdan ijobiy xulosa olingan.

Shu asosda ob’ektning A-bloki inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tgan. Inspeksiya tomonidan ob’ekt 10 marta tekshirilib, 11 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Qurilish qoidalari buzilgani uchun buyurtmachi ikki marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shu ob’ektning G4-bloki bo‘yicha boshqa holat aniqlangan. U «Arxitektura va shaharsozlik kengashi»dan ijobiy xulosa olgan bo‘lsa-da, «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi»dan xulosa olmagan. Shuning uchun bu blokdagi ishlar inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tmagan va noqonuniy boshlangani tasdiqlangan. Masala huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida «O‘zkommaishiysavdo» MCHJ tomonidan G4-blok uchun kotlovan qazish jarayonida hududdagi elektr transformatorida nosozlik yuz bergani ma’lum bo‘ldi. Natijada sizot suvlarini chiqarish mumkin bo‘lmay, suv sathi ko‘tarilgan. Bu esa qo‘shni «Grand Capital» MCHJ qurgan yerosti avtoturarjoyida tuproq siljishi va yer sirpanishiga olib kelgan.

Ayni paytda inspeksiya tomonidan holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:43 21.08.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!