AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatmasa, unga nisbatan sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi.
Amerika yetakchisining nutqi Oq uyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida efirga uzatildi.
Tramp ikki hafta ichida "Ukrainadagi urushni tartibga solish bo‘yicha juda muhim qaror” qabul qilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror sanksiyalar, majburiyatlar yoki "hech narsa" ni o‘z ichiga olishi mumkin.
"Agar kerak bo‘lsa, ikki hafta ichida Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha qaror qabul qilishim mumkin", — dedi AQSh prezidenti.
Shu ikki hafta ichida u Moskva va Kiyevning mojaroni hal qilishga “yondashuvlari” bilan tanishmoqchi. Shundan so‘ng u Ukrainadagi tinchlik muzokaralarining to‘xtab qolishiga kim mas’ul ekanini aniqlaydi.