Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestrini yuritish tartibi belgilandi

 Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestrini yuritish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (522-son, 20.08.2025 y.) bilan “Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish yoki ushbu reestrdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko‘ra, ma’lumotlarni mazkur reestrga kiritish yoki chiqarish bo‘yicha arizalar YAIDXP (my.gov.uz), davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali taqdim etiladi.

📝 Ariza beruvchi o‘zi kelib, kredit byurosiga yozma murojaat etganda, ariza beruvchiga QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnoma beriladi.

✔️ Davlat xizmatlari markazlari xizmatning natijasini u kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa ichida ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikasiya tizimi orqali xabardor qiladi.

📜 Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi ma’lumotlar shaxslarning kredit tarixida aks ettirib boriladi.

⚠️ Davlat xizmatlari markazlari va kredit byurolari olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

Kiritildi: 13:43 21.08.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!