Shu yilning 15 avgustdan ayrim qush turlari, xususan, kaptar, churrak, bedana va balchiqchi qushlarni ovlashga ruxsat berildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qonunchilikka muvofiq, har yili 1 martdan 15 avgustga qadar ov qilish qat’iyan ta’qiqlanadi.
Qolgan qushlar va yovvoyi hayvon turlariga ruxsatnoma muddatlarini O‘zbekiston Respublikasining «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli qonuni 2-ilovasidan bilib olish mumkin.