Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

8,6 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilgani aniqlandi

8,6 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 8,6 mlrd so‘mlik davlat xaridida amaldagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda harakat qilingani aniqlandi.

Buxoro tibbiyot instituti buyurtmachiligida boshlang‘ich qiymati 8,6 mlrd. so‘mlik “aqlli issiqxona qurish xizmati ko‘rsatish” yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridida qator qonunbuzilish holatlari sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish davomida ushbu tanlovda ishtirokchilar uchun raqobatni sun’iy ravishda cheklovchi shartlar kiritilgani, tanlov hujjatlarida aks etgan talablar asosida takliflar to‘liq va xolis baholanmagani, shuningdek, baholash jarayonida qator xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani tasdiqlandi.

Qayd etilgan holat yuzasidan Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 12:00 21.08.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!