Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Tiktoker" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilishda aybdor deb topildi

"Tiktoker" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilishda aybdor deb topildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining hukmi bilan V.D. (1999 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi va 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tattirilish belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya yoki kassasiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Kiritildi: 11:40 21.08.2025. O'qildi: 11116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!