Ko‘chat, mineral o‘g‘it, poyabzal, chorva ozuqasi kabi sanitariya, veterinariya, karantin nazoratida bo‘lgan 32 toifadagi mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi.
Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar ro‘yxati 459 taga qisqartirildi. Ro‘yxat yana 288 taga kamaytiriladi.
Umuman, mahsulotlar xavfsizligi va sifatini ta’minlash hamda uni baholash bilan bog‘liq milliy infratuzilma tubdan isloh qilinib, xalqaro standartlarga moslashtiriladi.
Bunda, eng avvalo, sertifikasiya o‘rniga muvofiqlikni deklarasiyalash amaliyoti keng joriy etiladi.
“Texnik jihatdan tartibga solish tizimi butunlay transformasiya qilinadi. Mamlakatimizga dunyodagi eng nufuzli xalqaro tan olingan laboratoriyalar kirib kelishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz.
Endi, mahsulotlar sifati bo‘yicha “bozor nazorati” tizimiga o‘tamiz. Bundan keyin nazorat ob’ekti tadbirkor emas, balki bevosita mahsulotni o‘zi bo‘ladi”,
- dedi Prezident.