Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

OLXga xaridor chiqdi - bu TBC Bank

OLXga xaridor chiqdi - bu TBC Bank

5,4 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga ega bo‘lgan mamlakatdagi yetakchi onlayn savdo platformasi — OLX Uzbekistan yaqin vaqt ichida yangi mulkdorga ega bo‘ladi.

TBC Bank Group ushbu platformani sotib olish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu jarayon Titan Investments kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ayni paytda ikki tomon o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etiladi, u esa OLX Uzbekistan’ning 100% ulushiga egalik qiladi.

Hozircha bitimning moliyaviy jihatlari — xususan, umumiy summa e’lon qilingani yo‘q.

Ma’lumot uchun: OLX Uzbekistan bozorda ko‘p yillik tajribaga ega va foydalanuvchilar orasida keng tanilgan platforma hisoblanadi. U orqali xarid-sotiq, ijara, xizmatlar va boshqa turdagi e’lonlar bilan minglab odamlar har kuni faol foydalanadi.

Kiritildi: 04:47 22.08.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!