Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy Trampga Ukraina nima uchun Doneskdan qo‘shinlarni chiqarmayotganini tushuntirdi

Zelenskiy Trampga Ukraina nima uchun Doneskdan qo‘shinlarni chiqarmayotganini tushuntirdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga Kiyev nima sababdan Rossiyaning Donbassdan ukrain qo‘shinlarini chiqarish to‘g‘risidagi talabini qabul qila olmasligini izohlab berdi.

«Biz bunday qarorni qabul qila olmaymiz. Bu faqat Konstitusiya masalasi emas — gap butun mamlakatning tirik qolishi va eng mustahkam mudofaa pozisiyalari haqida ketmoqda. (…) Agar Putin bu hududni olsa, u to‘xtab qolmaydi, yana oldinga yuradi», — degan Zelenskiy, RBK-Ukraina ma’lumotiga ko‘ra.

Hozirda Donesk viloyatining taxminan 30 foizi Ukraina nazoratida qolmoqda. Agar bu hududlardan voz kechilsa, Ukraina Kramatorsk va Slavyansk kabi strategik ahamiyatga ega shaharlardan ayriladi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bu tushuntirishlarni qabul qilgan va ularning ahamiyatini anglagan.

Kiritildi: 15:07 22.08.2025. O'qildi: 1166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!