Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Lavrovning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga oid bayonotlari Moskva va Vashington o‘rtasidagi muzokaralarda kelishmovchiliklarga sabab bo‘ldi — Bloomberg

Lavrovning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga oid bayonotlari Moskva va Vashington o‘rtasidagi muzokaralarda kelishmovchiliklarga sabab bo‘ldi — Bloomberg

Nashrning yevropalik amaldorga tayanib yozishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari "Rossiyani yakkalash qilish mantig‘i asosida qurilsa, ularni qat’iyan rad etamiz", degan va bu fikrlar Rossiya hamda AQSh o‘rtasidagi muzokaralarni deyarli izdan chiqargan.

"Endi Kreml Oq uyni xavfsizlik kafolatlaridan voz kechishga va Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi uchrashuv darajasini prezidentlardan pastroq lavozimli amaldorlargacha tushirishga ko‘ndirishga harakat qilishi mumkin. Bu orqali Qo‘shma Shtatlarning yangi sanksiyalaridan qochish maqsad qilingan", deya yozmoqda Bloomberg.

Agentlik bilan suhbatlashgan bir necha yuqori lavozimli yevropalik amaldorlar hamda diplomatlar Lavrovning bayonotlarini jarayonni cho‘zish urinishlari sifatida baholamoqda va Putinning Ukraina bilan tinchlik kelishuvi tuzishga tayyorligiga shubha bildirmoqda.

Kiritildi: 13:43 22.08.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!