Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda qurilayotgan Islom sivilizasiyasi markazida yong‘in chiqdi

Toshkentda qurilayotgan Islom sivilizasiyasi markazida yong‘in chiqdi

Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot berildi.

Bugun, 19 avgust soat 11:11 da Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizasiyasi markazi hududida qurilish mahsulotlari yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, aytilgan manzilda navbatchilikda turgan va boshqa yordamga yetib borgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Kiritildi: 11:50 19.08.2025. O'qildi: 973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!