Arizona shtatida sodir bo‘lgan fojiali voqea butun jamoatchilikni hayrat va g‘azabga soldi. 10 yoshli maktab o‘quvchisi Rebekka Batiste o‘z hayoti xavf ostida ekanini sezgan holda maktab o‘qituvchilariga murojaat qilib, uyiga qaytarmasliklarini iltimos qilgan. Ammo bu iltijo e’tiborsizlik bilan qarshi olindi.
Qiz keyinchalik og‘ir jarohatlar bilan hushsiz holda topilgan va shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng, uch kun o‘tib vafot etgan. Shifokorlar uning tanasida juda kuchli qiynoq alomatlarini qayd etgan. Shuningdek, u to‘yib ovqatlanmagan, tanasi suvsizlangani ham bilinib turibdi.
Bolalarni qiynoqqa solgan shaxslar sifatida qizchaning otasi va o‘gay onasi gumon qilinmoqda. Ular qotillik va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ayblovlari bilan hibsga olindi.