Rasmiy Parij Vashingtonning Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) tergovlarida ishtirok etgan xorijlik shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘yganidan hafsalasi pir bo‘ldi.
Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilmoqda.
Qayd etilishicha, AQShning XJSning to‘rt nafar sudyasi, jumladan, fransiyalik Nikolya Giyuga nisbatan Isroil rahbariyati va AQSh fuqarolariga qarshi harakatlari uchun sanksiya qo‘llash qarori rasmiy Parijni “hafsalasini pir qilgan”.
Tashqi ishlar vazirligi joriy qilingan sanksiyalar sud mustaqilligi tamoyillariga zid ekanligini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio XJS tomonidan AQSh va Isroil fuqarolariga nisbatan ishlarning tergov qilinishi munosabati bilan kanadalik Kimberli Prost, fransiyalik Nikolya Giyu, fidjilik Nazhat Shamim Xon va senegallik Mame Mandiaye Niangga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishini ma’lum qilgan edi.