Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ahror Burhonov Navoiy haykali buzib tashlangani haqida xabarlar tarqalishi bilan TIV Afg‘oniston tomoni bilan bog‘langanini ma’lum qildi.
“Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan joy buyuk alloma xotirasiga yetarlicha munosib emasligi, shoir va mutafakkir uchun yanada ko‘rkam majmua qurilishi lozimligi bois yodgorlik mahalliy hokimiyat tomonidan olib tashlangan. Shu bilan birga, ushbu buzish ishlari Afg‘oniston Madaniyat va axborot vazirligi hamda keng jamoatchilik bilan kelishilmagani alohida ta’kidlanib, afg‘on tarafi holat yuzasidan taassuf bildirdi”, deb yozadi Burhonov.
Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston hukumati vakillari Alisher Navoiy sharafiga alohida yodgorlik barpo etishga va’da bergan.