Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Raketa zarbasi: Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi

Raketa zarbasi: Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing ma’lum qilishicha, Rossiya mamlakat g‘arbida joylashgan AQSh korxonasiga raketa zarbasi bergan.

"Raketalardan biri mamlakatimizning eng g‘arbiy hududida joylashgan Qo‘shma Shtatlarning yirik elektronika ishlab chiqaruvchi korxonasiga tegdi, bu esa jiddiy zarar va talofatlarga olib keldi. Mazkur ob’ekt to‘liq fuqarolik maqsadlariga xizmat qiladi, mudofaa yoki harbiy soha bilan hech qanday aloqasi yo‘q", — deb yozdi Ukraina TIV rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida.

Sibiganing so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning keng ko‘lamli tungi hujumi “urushni to‘xtatishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarga zid ravishda” amalga oshirilgan.

Ukraina Qurolli kuchlarining xabar berishicha, tunda Kiyev, Lvov, Zakarpate, Chernigov, Dnepr, Zaporoje, Sumi viloyatlari va boshqa hududlarga zarbalar kuzatilgan. Ushbu hujumlar oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 12kishi jarohatlangan.

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya jami 546 ta dron va 30 dan ortiq turli xil raketa qo‘llagan. Ukraina harbiylari jami 577 ta nishonni urib tushirishga muvaffaq bo‘lganin.

Kiritildi: 12:36 21.08.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!