Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan 100 dan ortiq vatandoshimiz O‘zbekistonga olib kelinadi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan 100 dan ortiq vatandoshimiz O‘zbekistonga olib kelinadi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari yurtimizga olib kelinadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30 iyuldan 30 avgustgacha e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Migrasiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida amalga oshirilyapti.

Aksiyasi doirasida Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etildi. Ular 18 avgust kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yiladi.

Bundan tashqari, 33 nafar yurtdoshimizga, shu jumladan, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan va og‘ir moddiy ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Kiritildi: 17:13 17.08.2025. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!