Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina NATO'ga a’zo bo‘lmaydi — Donald Tramp

 Ukraina NATO'ga a’zo bo‘lmaydi — Donald Tramp

AQSh prezidenti Fox News'ga bergan intervyusida NATO'ning kengayishi Rossiya uchun doimo yoqimsiz masala hisoblanishini, hatto Vladimir Putin mamlakat prezidenti bo‘lishidan oldin ham shunday bo‘lganini aytdi.

Donald Trampning boshqa bayonotlari:

◾️ Qrimni Ukrainaga qaytarishning imkoni yo‘q;

◾️ Zelenskiy moslashuvchanlik ko‘rsatishi kerak, Kiyev mojaroni hal qilish uchun murosaga borishi zarur;

◾️ Biz Putin va Zelenskiyning uchrashuvini tashkil qilyapmiz;

◾️ Men Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi ilk uchrashuvda ishtirok etishni rejalashtirmayapti, u ikki tomonlama formatda bo‘lishi kerak;

◾️ Toki men AQSh prezidenti ekanman, Amerika qo‘shinlari Ukrainada bo‘lmaydi;

◾️ Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmoqchi. AQSh Yevropaga Ukrainada qo‘shinlarni joylashtirishda, jumladan, havo orqali ko‘mak berishi mumkin;

◾️ Yevropa yetakchilari Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukrainaning hududiy yon berishi zarurligini tushunib yetdi;

◾️ Rossiya — qudratli harbiy davlat, bu G‘arbga yoqadimi yo‘qmi buni tan olishimiz zarur;

◾️ Men Rossiya prezidentiga Yevropa yetakchilari ishtirokida qo‘ng‘iroq qilmadim. Bu Putinga nisbatan hurmatsizlik bo‘lar edi;

◾️ Ukraina ko‘p yerlarni oladi;

◾️ Menimcha, Putin va Zelenskiy o‘ylaganimdan biroz yaxshiroq til topishmoqda. Ular orasida hammasi joyida. Men ularni hech qachon eng yaqin do‘stlarga aylanadi, deb aytmagan bo‘lardim, ammo ular orasida hammasi yaxshi;

◾️ SSSR va Rossiya hech qachon NATO'ni o‘z chegaralari yonida ko‘rishni istamagan, bu borada ularni tushunsa bo‘ladi;

◾️ Muzokaralarda qarorlarni Putin va Zelenskiy qabul qiladi, AQSh bu mojaroning ishtirokchisi emas;

◾️ Ukraina doimo Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi bufer hudud bo‘lib kelgan. To Bayden Ukrainaga milliardlab dollar bera boshlamaguncha, hammasi yaxshi edi.

Kiritildi: 20:25 19.08.2025. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!