Tramp Putin bilan telefon orqali suhbatda unga hududiy masalani muhokama qilish uchun Zelenskiy bilan bevosita uchrashish zarurligini aytgan, deb yozmoqda Axios.
Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti, shuningdek, Rossiya yetakchisini realist bo‘lishga chaqirgan.
"Tramp buni Zelenskiy unga Putin bilan uchrashuvi chog‘ida hududiy masalalarni muhokama qilishga tayyorligini bildirganidan so‘ng aytgan. Ukraina prezidenti hududlar masalasi o‘zining Putin bilan muzokaralari mavzusi bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan", deya yozmoqda Axios.