Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Alyaskadagi sammit tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Asosiy fikrlar:
Prezidentlar Ukrainadagi mojaroni inqiroz boshqa hech qachon takrorlanmaydigan tarzda hal qilish kerakligini tasdiqladilar;
"Qayta takror aytamanki, Alyaskadagi sammit Amerika ma’muriyati ushbu kelishuv Ukrainani Minsk kelishuvlaridan keyin bo‘lgani kabi yana urushga tayyorlash uchun emas, balki bu inqiroz hech qachon takrorlanmasligi uchun, dunyoning bu qismida joylashgan barcha davlatlar va bu davlatlarda yashovchi barcha xalqlarning qonuniy huquqlari ta’minlanishi uchun bo‘lishidan chin dildan manfaatdor ekanligini ko‘rishga imkon beradi", - dedi Lavrov.
Agar Kiyev betaraflik va NATOga qo‘shilmaslikdan bosh tortsa, Ukraina mustaqillik deklarasiyasini tan olishga asos bo‘lgan qoidalar yo‘qoladi;
Rossiya hech qachon Qrim, Donbass, Novorossiya bo‘lsin, hududlarni oddiygina egallab olishni maqsad qilmagan, balki ruslarni himoya qilishga intilgan;
Agar Zelenskiy Ukraina konstitusiyasidan juda xavotirda bo‘lsa, biz ruslarning huquqlarini himoya qilishga majbur qiladigan moddalarni esga olishimiz kerak;
hududiy o‘zgarishlar ko‘pincha kelishuvlarga erishishning ajralmas qismi hisoblanadi;
birorta ham Yevropa yetakchisi Rossiya xavfsizligi masalasini shu paytgacha tilga olmadi;
"Evropadagi ba’zi prezidentlar va bosh vazirlarning Rossiyaning Ukrainaga provokasiyasiz hujum qilishi haqidagi gaplari hammasi bolalar o‘yini, men bunga boshqa so‘z topa olmayapman".
Moskva, Yevropadan farqli o‘laroq, AQSh ma’muriyati muammoning mohiyatiga kirishga intilayotganini anglashini yuqori baholaydi;
Rossiyaning xavfsizlik manfaatlari va Ukrainadagi ruslarning to‘liq huquqlari hurmat qilinmasa, uzoq muddatli kelishuvlar haqida gap bo‘lishi mumkin emas;
Moskva Ukrainani tartibga solish bo‘yicha ishlarning hech qanday shakllaridan bosh tortmaydi - na ikki tomonlama, na uch tomonlama;
Alyaska sammitida sanksiyalar muhokama qilinmadi;
Tramp Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qilindi.