Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda 110 mln dollarlik metro qurilishini turk kompaniyasi olib boradi

Toshkentda 110 mln dollarlik metro qurilishini turk kompaniyasi olib boradi

Toshkentda 110 mln dollarlik yangi metro loyihasi boshlanmoqda. Turk kompaniyasi «Xvav Yapı» uchta stansiyadan iborat tarmoq qurilishini amalga oshiradi.

O‘rta Osiyoning eng yirik va ilk metro tizimiga ega Toshkent yana yangi yo‘nalish bilan boyiydi. Turk qurilish va muhandislik kompaniyasi «Xvav Yapı» poytaxtdagi yangi metro tarmog‘i qurilishini amalga oshirish majburiyatini oldi. Loyiha qiymati 110 mln dollarni tashkil etadi, deb xabar bermoqda Turkiyaning Patronlar dunyasi nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 8 kilometrlik ushbu metro tarmog‘i kunlik 230 ming yo‘lovchi tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangi Toshkent qurilish boshqarmasi ma’lum qilishicha, qurilish ishlari kelgusi yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Yangi yo‘nalish «Do‘stlik» stansiyasidan boshlanadi va uchta stansiyadan iborat bo‘ladi. «Xvav Yapı» bundan oldin Hatayda zilziladan keyingi tiklash ishlarini olib borgan. Yangi tarmoq ishga tushirilishi bilan Toshkentdagi metro tizimi umumiy 40 kilometrga yetadi.

Toshkent metrosi 1977 yilda ishga tushirilgan va hozirgi kunda uchta tarmoqdan tashkil topgan. Birinchi 12 kmlik Chilonzor yo‘nalishi 1977 yilda, 14,3 kmlik ikkinchi yo‘nalish 1984 yilda, 6,4 kmlik Yunusobod yo‘nalishi esa 2001 yilda ishga tushirilgan. Bugungi kunda 36 km uzunlikdagi va 29 ta bekatdan iborat tarmoq O‘rta Osiyoning eng yirik metro tizimi hisoblanadi.

Bugun mintaqada Toshkentdan tashqari faqat Qozog‘istondagi Olmaota metro tizimi mavjud bo‘lib, u 2011 yilda foydalanishga topshirilgan. Yangi yo‘nalish esa Toshkentning transport salohiyatini sezilarli ravishda oshirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:52 17.08.2025. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!