Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda 3 nafar erkak bankomatni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Toshkentda 3 nafar erkak bankomatni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar qo‘lqop va bosh kiyim kiygan holda voqea joyiga kelib, bankomatni o‘z mashinasida olib ketmoqchi bo‘lgan. Ammo bankomat og‘ir bo‘lgani sababli, u yerga tushib ketgan.

Erga tushib ketgan bankomat ovozi fuqarolarning e’tiborini tortganidan shubhalanib, ular shikast yetgan bankomatni tashlab voqea joyidan qochib ketishgan.

Shundan so‘ng, tezkor-qidiruv xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, surishtiruv ishlari natijasida uch nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 21:45 09.08.2025. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!