Kiyev meri Vitaliy Klichko BILD nashriga bergan intervyusida Ukrainada urushdan umumiy charchoq borligini aytdi. U Rossiya bilan kelishuv, hatto hududiy yo‘qotishlar evaziga bo‘lsa ham, tinchlikka olib kelishi mumkinligini bildirdi.
Unga ko‘ra, qarorni prezident Zelenskiy qabul qilishi kerak. Klichko Zelenskiy, Putin va AQSh prezidenti Tramp o‘rtasida muzokara bo‘lishi zarur, deb hisoblaydi.
«Bu urushni Putin boshladi va faqat u to‘xtata oladi», — dedi u. Shuningdek, Germaniyaning yordami butun Yevropa uchun muhimligini ta’kidladi.